A downloadable game for Windows, macOS, and Linux

Assalomu alaykum!

Men 17 yoshli havaskor dasturchi Baxtiyor Bahodirovman ushbu MindHit loyihasi muallifiman. 

Loyiha asosan maktab o'quvchilarini ya'nayam aniqroq qilib aytadigan bo'lsak 2-7 sinflar  oralig'idagi o'quvchilarni qamrab oladi. Sir emaski hozirgi kunda ko'plab yoshlar dars qilishdan ko'ra ko'proq o'yin bilan mashg'ul bo'lishni afzal ko'radilar. Agar darslarni o'yinlarga yoxud o'yinlarni darslarga aylantirsak nima bo'ladi. Ya'ni o'quvchilar ham zerikmaydi, ham vaqtini bekorga ketkazmaydi. To'g'ri, ta'limiy o'yinlarni ko'plari zerikarli bo'ladi. 

Lekin bunisi emas!

Ho'sh endi o'yin haqidagi ma'lumotlarga keladigan bo'lsak Unda asosan zamonimizning dolzarb muammosi ya'ni yosh bolalarni arifmetik hisob kitobga o'rganishga bo'lgan zaif tomonini zamonaviy usulda sayqallashga urg'u berilgan.

Global o'lchovlar bilan qaralganda loyiha 3d Endless Run Kategoriyasidan joy oladi. 
O'yin nomi esa MindHit (ingliz tilidan Ongga yoki aqlga zarba ber deb tarjima qilinadi.)


O'yinda kerakli bo'ladigan barcha boshqarish uskunalari haqida alohida menular bilan o'yin davomida tushintirib boriladi. 

Hozir esa klaviaturadagi ba'zi boshqarish tugamalari haqida gaplashamiz:
Boshqa barcha o'yinlar kabi ushbu o'yinda ham standart asosiy klavishdan foydalanilgan ya'ni o'yinichini haratkatlantirish uchun o'ngga chap ko'rsatkish tugmalari yoki 'A' va 'D' tugmalaridan foydalaniladi. E'tibor bering O't ochish uchun esa Number Pad dan foydalaniladi. 

Hozircha loyiha professional holatda emas.
Ammo u haqida tushunchaga ega bo'lgani yetarlicha tajriba olsa bo'ladi.

Ho'sh endi dastur qanday yaratilganiga kelsak:
Ushbu video o'yin hozirgi kundagi eng ommabop va qudratli  dasturlash tillaridan biri bo'lgan C# tili yordamida Unity Engine dasturi va Visual Studio 2019 integrallashtirilgan takomillashtirish muhiti orqali yozildi.


Grafik obyektlar:
Blender 2.82 dasturi orqali modellashtirildi
va ularning materiallari Krita nomli bepul ochiq kodli 
raqamli grafik muharrirda chizildi.
O'yin hozircha faqat Kompyuterlarda Windows, MacOs yoki Linux
operatsion tizimlarida ishga tushirilishi mumkin.
Va albatta xudo hohlasa kelajakda loyihani Android va IOS platformalari 
uchun ham takomillashtiraman.

E'tiboringiz uchun raxmat. Xayr. Sog' bo'ling.

Loyiha versiylaridagi o'zgarishlar:

v- 0.1 (Hozir yuklab olishingiz mumkin bo'lgani) :

O'zgarishlar:


[O'yinchilarga uchun]

-  Bosh menyuda jami ballingizni ko'rinshingiz;

- 1 talik yo'l umuman olib tashlandi;

- 1 talik yo'l o'rniga 4 talik yo'l qo'shildi;

 - O'yin qiyinchilik darjalarini tanlash imkoniyati;  

 - Uzun katta devor(dushman)lar umuman olib tashlandi;

 - Uzun devorlar o'rniga turli kuch darajasiga ega bolgan dushman qo'shildi;

 - "Qanday o'ynaladi?" deb nomlangan o'yinchiqa o'yin qoidalarini o'rgaruvchi oyna qo'shildi;

 - O'yinga yangi yorliq berildi;

 - Dasturga kirish qismidagi Brandlardan "MindHit" olib tashlandi;

 - O'yinning qiyinlik darajasi oshishi yanayam  silliqlandi;

 - O'yin grafik ko'rinishi oldingidan yaxshilandi. 


[Dasturiy tomonlama]

- Endi oyindagi barcha obyektlar harakati yagona script orqali boshqarilishi;

- Animatsiyalarni kod orqali boshqarishdagi yangliklar; 

- Dushman va O'yinchilarning xususiyatlari alohida alohida scriptlarga ajratildi;

- Va yana ko'plab dastur kodidagi yangiliklar


To'g'irlangan xatolar:

 - Pausa holatiga o'yinga qaytilganda o'tilgan o'qning tezlanish olishi;

 - Kamera silkinish o'chiq paytida ham silkinishi;

 - Tovushlarni ba'zilari noto'g'ri joyda eshittirilishi;

 - Numpadni avtomatik ravishda yoqish;

- Ba'zi interfeysdagi xatolar to'g'irlandi;

 - Ba'zi paytlarda avtomatik ravishda Bosh menyuga qaytish;

 - Va yana bir nechta xato va kamchiliklar to'g'irlandi.


* O'yindagi kamchiliklar haqida xabar bergan barchaga katta raxmat! *

[Xato va kamchiliklar haqida telegramdagi @brackeys ga yozing.]

Download

Download
MindHit (Final release).zip 28 MB
Download
MindHit MacOS.rar 27 MB
Download
MindHit Linux.rar 29 MB

Comments

Log in with itch.io to leave a comment.

Havas qildim aka